"Obod va fayzli mahalla-yurt ko'rki"
#Obod_va_fayzli_mahalla_yurt_ko'rki
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mustaqillik bayrami arafasida tashkilot xonalari va bino atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayramga tayyorgarlik ko'rish va uni munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 22-23 -avgust kunlari mamlakatimiz bo'ylab "Obod va fayzli mahalla-yurt ko'rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda. Tashkilot atrofi, ko‘chalar va piyodalar yo‘laklari begona o‘t hamda chiqindilardan tozalandi, daraxtlar va gulzorlar parvarish qilinmoqda.
Mazkur obodonlashtirish ishlari tashkilot qiyofasini yanada chiroyli va fayzli ko‘rinishga keltirish, aholiga qulay muhit yaratish hamda bayram shukuhini oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonlarda tashkilot xodimlari, xonadon egalari ham faol ishtirok etmoqda.