"Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki".
Har yili Navro'z bayrami arafasida ayyomni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar o'tkazish yaxshi an'anaga aylangan.
Prezidentimizning "2023 yilgi Navro'z umumxalq bayramiga toyyorgarlik ko'rish va uni o'tqazish to'g'risida" gi qaroridan kelib chiqib, shu yilning mart-aprel oylari yurtimizda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish oyligi hamda 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari sifatida belgilangani bunga yaqqol misoldir. Zero, hashar kunlarida odamlar orasida o'zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yuksaltirish, mahallarlar hamda aholi turarjoylarini obod qilish va ko'kalamzorlashtirish, hududlarda sanitariya holatini darajasiga ko'tariladi.
Hozirgi paytda hasharni yuqori saviyada o'tgazish maqsadida barcha davlat hamda jamoat tashkilotlari tomonidan puxta hozirlik ko'rilmoqda. Jumladan,"Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari o'zlariga ajratilgan hududlarini tozalab, joylarda turfa hil daraxtlar hamda gul ko'chatlarini o'tkazib,yangi bog' va gulzorlarni yaratishga o'z hissalarini qo'shmoqdalar.
Bu ishlarda mahallaning yoshu-keksa fuqarolari birdek faollik ko‘rsatib, hududning ko‘kalamzorlashtirilishiga o‘z xissalarini qo‘shmoqdalar.