"O'zingsan Vatanning jamoli, O'zbekning farishta ayoli!"
Zomin tumani Axborot- kutubxona markazi Yoshlar markazi majlislar zalida O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavvalludining 108 yilligi munosabati bilan Zomin tumani Axborot- kutubxona markazi hamda "Tinchlik" nomli 3- Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda "O'zingsan Vatanning jamoli, O'zbekning farishta ayoli!" nomli badiiy- musiqiy kecha tashkil etildi. Kechada 2 ta jamoa ya'ni Zomin tumani Axborot- kutubxona markazining "O'zbegim qizlari" va "Tinchlik" nomli 3- Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining "Tinchlik" jamoalari 6 ta shart bo'yicha bellashdilar. Kechaning shartlari quyidagicha tashkil etildi, ya'ni.
1.Tanishtiruv,
2.Raqs,
3. Sherxonlik ya'ni shoira Zulfiyaxonim ijodiga nazar
4. Karvin san'ati
5. Sahna ko'rinishi
6. Salat tayyorlash kabi bahoriy an'analarga asoslangan qizg'in adabiiy- badiiy chiqishlar bilan ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Tadbirda hay'at a'zolari sifatida Zomin tuman hokimligining Oila va hotin-qizlar bo'limi yetakchi mutaxassisi Saodat opa Alimova, Qayirma MFY hotin-qizlar bo'limi faoli G.Maqsudova, Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ARM rahbari G. Gadayevalar taklif etildilar va barcha shartlarni har ikkala guruhlar tomonidan bajarilishini holis baholab bordilar.Har bir shartlarning bajarilishida har ikkala jamoa ham yangicha uslubda tayyorgarlik ko'rganligi, sahna ko'rinish namoyish etganliklari yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir so'ngida hay'at a'zolari tomonidan "O'zbegim qizlari" va "Tinchlik" jamoalarining tadbir shartlariga ko'rgan tayyorgarligi yuqori baholandi va hay'at a'zolari tomonidan do'slik g'alaba qozonganligi e'tirof etildi. Tadbir ishtirokchilarini taqdirlash uchun har ikkala hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlangan Fahriy yorliqlar va estalik sovg'alari taqdim etildi.
https://telegra.ph/Ozingsan-Vatanning-jamoli-Ozbekning-farishta-ayoli-03-01