“O'zing yorug' jahonim...”
Zomin tumani Axborot- kutubxona markazi hamda Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri, o’zbek sheʼriyatining iqtidorli namoyondalari - Muhammad Yusuf va G’ofur G’ulom tavalludi munosabati bilan “O'zing yorug' jahonim...” mavzusida 7-8-sinf o’quvchilari ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.
O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo'stonida gul ko’p, chechak ko’p. Bu bo’stonda bir-biriga o’xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan iste’dodli shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi. Ana shunday betakror shoir va yozuvchilardan Muhammad Yusuf va G’ofur G’ulomdir. Ular o’z ijodi bilan xalqimiz yodida mangu yashaydi.