O'zbekistonlik ayollar sportida gender tenglik.
Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini taʼminlashdan iboratdir. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, Sharq qomusiy olimlardan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida tenglik hukm surgan davlatni fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan bo‘lsa, 1791 yilda Olimpiya De Guj tomonidan tayyorlangan fuqarolik va ayol huquqi deklaratsiyasida ilk bor ayollarning erkin fikrlash va o‘z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligi eʼtirof etilgan. So‘nggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash bo‘yicha videoselektorda ham bu masalalarga chuqur urg‘u berildi va bu maqsad mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasida eng muhim yo‘nalishlardandir. Sport sohasida ham bu tamoyil Olimpiya xartiyasining talablaridan biridir. Sportni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 5 iyun kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi raxbari Anvarova Nargiza Odiljonovna o'z mutaxassislari bilan birgalikda "Sportni targ'ib qilish" mavzusida Zomin istirohat bog'ida aholi bilan birgalikda har xil musoboqalari tashkil etildi. Musoboqada g'olib bo'lgan jamoaga Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg'alari taqdim etildi.
https://telegra.ph/Ozbekistonlik-ayollar-sportida-gender-tenglik-06-05