O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov xotirasiga bag'ishlab
Joriy yilning 30-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov xotirasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida mustaqil O'zbekiston davlatining asoschisi, davlat va siyosat arbobi, o'zbek xalqining ulug' va ardoqli farzandi, mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov yo'dga olinib, buyuk yo'lboshchimizning o'g'ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay qisqa davrda O'zbekistonni rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo'shganligi to'g'risida so'z yuritildi.