O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida
Zomin tumanida 16 avgust kuni Shirin mahalla fuqarolar yig‘inida, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Inson qadri” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi amalga oshirildi.
Loyiha doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ustoz-shogird uchrashuvlari va turli madaniy dasturlar o‘tkazilib, mahalla aholisi, yoshlar va nuroniylar o‘rtasida milliy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi suhbatlar tashkil etildi.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 130 nusxadagi yangi adabiyotlardan iborat kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va ko'rgazma bilan 300 nafardan ortiq kitobxonlar tanishdi.