O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
#Zomin_tumani
San’at arboblari Zomin tumanida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida yurtimizning taniqli san’at arboblari Zomin tumaniga tashrif buyurdilar.
O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, estrada xonandalari Aziz Rajabiy, Jasur Raximov, shuningdek estrada xonandasi va kino aktyori Bekzod Isxakovlar Zomin tumani Yoshlar markazi binosiga tashrif buyurib, yoshlar, mahalla faollari va san’at ixlosmandlari bilan uchrashdilar.