O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi"
2025-yil 24-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida “Kattabog'” mahallasi hududida Zominl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan, oilalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish, farzandlarda kitobga mehr uyg‘otish, ota-onalarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish maqsadida “Kitobxon oila” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, kutubxonachilar, yoshlar va faol kitobxon oilalar ishtirok etdilar.Tadbir doirasida “Kitobxon oila – kelajak poydevori” nomli oila, tarbiya va bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlardan tashkil topgan kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Tadbirda 28 nafar ishtirokchilar qatnashdi.