"O'zbekiston-2030 strategiyasi yosh kitobxonlar nigohida"
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida aholi talabi va xalqaro andozalarga javob beruvchi ta’lim tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Qo‘yilgan maqsadlar har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish ustuvorligiga ahamiyat berilgan.
Yangi O‘zbekistonning an’analaridan biri — bu strategiyalar hisoblanadi. Ilgari ular har besh yillik davr uchun qabul qilingan bo‘lsa — 2017-yilda 2017−2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, 2022-yilda esa 2022−2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilingandi — “Yangi O‘zbekistonni barpo etish”ga qaratilgan yangi strategiya loyihasi, yangi voqelikdan kelib chiqib, yetti yillik muddat uchun ishlab chiqilgan.
Davlat rahbarining umumxalq muhokamasi uchun taqdim etilgan ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2023-yilda strategiyani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori loyihasiga ko‘ra, ustuvor yo‘nalishlardan biri — har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish hisoblanadi. Buning uchun, jumladan, aholi talablari va xalqaro andozalarga javob beradigan ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 27 noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar ishtirokida "O'zbekiston-2030 Strategiyasi yosh kitobxonlar nigohida" nomli ijtimoiy- siyosiy tadbir tashkil etildi.
https://telegra.ph/Ozbekiston-2030-strategiyasi-yosh-kitobxonlar-nigohida-11-27