"Oʻzbek tili- millat g'ururi"
#Oʻzbek_tili_millat_gʻururi
2025-yil 21-oktabr kuni Zomin tuman hokimligi, axborot- kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi, Madaniyat markazi, Musiqa va san'at maktabi hamkorligida 16-umumta'lim maktabida o'rnatilgan Alisher Navoiy monumenti maydonida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan "Oʻzbek tili- millat g'ururi" mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ijodkor yoshlar va san'atkorlar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she'rlar, kuy va qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari ijro etildi.
Axborot- kutubxona markazi tomonidan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada oʻzbek tili taraqqiyoti, tilimizning boyligi va qadri haqida yozilgan adabiyotlar keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etildi.