"O'zbek tarixiy qissachiligi namoyondasi" rasmli kitob ko’rgazmas
Joriy yilning 14 - avgust kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi Mirkarim Osim tavalludi munosabati bilan "O'zbek tarixiy qissachiligi namoyondasi" nomli rasmli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Mirkarim Osimning tarixiy qissa va hikoyalariga xos asosiy fazilatlar ularda tarixiy haqiqat bilan badiiy toʻqimaning oʻzaro oʻygʻunligi, tarixiy shaxs obrazining tarixiy davr fonida yaratilganligi, xalqparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalarining bu asarlar osha „Qizil ip“ oʻlaroq oʻtganligi hamda badiiy til va uslubning soddaligi, shiraliligi, oʻzbekonaligidir.
Ko’rgazmada yozuvchining “Ibn Sino qissasi”, “To'maris”, “Zulmat ichra nur”, ”Ajdodlarimiz fojeasi”, ”Sehirli so'z” nomli kitoblari va bir qancha ma’lumotlar o’rin olgan.
https://telegra.ph/Ozbek-tarixiy-qissachiligi-namoyondasi-rasmli-kitob-korgazmasi-08-14