"O'zbek tarixiy qissachiligi namoyondasi" nomli davra suhbati.
Joriy yilning 14 - avgust kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi Mirkarim Osim tavalludi munosabati bilan "O'zbek tarixiy qissachiligi namoyondasi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Mirkarim Osimning tarixiy qissa va hikoyalariga xos asosiy fazilatlar ularda tarixiy haqiqat bilan badiiy toʻqimaning oʻzaro oʻygʻunligi, tarixiy shaxs obrazining tarixiy davr fonida yaratilganligi, xalqparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalarining bu asarlar osha „kizil ip“ oʻlaroq oʻtganligi hamda badiiy til va uslubning soddaligi, shiraliligi, oʻzbekonaligidir.
Davra suhbatida yozuvchining “Ibn Sino qissasi”, “To'maris”, “Zulmat ichra nur”, ”Ajdodlarimiz fojeasi”, ”Sehirli so'z” nomli kitoblari haqida ma’lumotlar berib o'tildi.
https://telegra.ph/Ozbek-tarixiy-qissachiligi-namoyondasi-nomli-davra-suhbati-08-15