"Oʻzbegim qizlari-har sohada ilg'or"
#tadbirlar_2025
Joriy yilning 13-oktyabr sanasida Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 11-oktyabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Qizlar o'zgarishlar yetakchisi sifatida" shiori ostida "Oʻzbegim qizlari-har sohada ilg'or" nomli Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talaba qizlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida milliylikni va kitobxonlikni, turli kasblarda ilg'or bo'lishni targʻib etishdi. Davra suhbati qizgʻin bahs munozaraga boy boʻldi.