"O'z shahringni yayov kezib o't"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan "Yangi O'zbekiston-yangi Zominning yangilanayotgan manzillari" shiori ostida "O'z shahringni yayov kezib o't" loyihasi tashkil etildi. Loyihadan maqsad yangi barpo etilayotgan manzillarga tashrif buyurish va tuman aholisini kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilishdan iborat. Ushbu loyiha doirasida uyushmagan aholiga kutubxona haqida keng ma'lumotlar berildi, ular qiziqib mutolaa qiladigan adabiyotlari mavjudligi, uni o'qish uchun albatta kutubxonaga a'zo bo'lishlari ta'kidlab o'tildi.