"O'yla, izla, top".
"O'yla, izla, top".
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Zomin Axborot-kutubxona markazi "Zukko bolajon" nomli NMTT bilan hamkorlikda "O'yla, izla, top" nomli madaniy tadbiri tashkil etildi. Tadbirda bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgani, ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganliklari, davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli ekanligi, shuningdek u jondek aziz, nondek mo‘’tabarligi to‘g‘risida Zomin Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi X.Mirzayeva alohida to‘xtalib o‘tdi va bolajonlar o'zlari yod olgan bayroq haqidagi she'rlaribilan tadbirni yanada boyitdi. Bolajonlar uchun musoqa tashkil etildi. Musobaqada bayroq rasmini chizish hamda bayroqda aks etgan oy va yulduzlarni yig'ish shartlari bajarildi. Faol ishtirok etgan guruh tarbiyalanuvchi bolajonlari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.