“O‘tkan kunlar” asari taqdimoti o‘tkazildi.
Joriy yilning 5-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “O‘tkan kunlar” asari taqdimoti o‘tkazildi.
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, milliy adabiyotimizning nodir durdonalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari taqdimoti tashkil etildi.
Tadbir davomida asarning mazmun-mohiyati, qahramonlari, tarixiy voqealarni yoritishdagi o‘rni hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqarli savol-javoblarda faol qatnashdilar.
Taqdimot kitobxonlarda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.