O‘lkamiz ijodkori Abdusattor Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv va davra suhbati
O‘lkamiz ijodkori Abdusattor Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv va davra suhbati
Joriy yilning 23-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida o‘lkamizning taniqli ijodkorlaridan biri Abdusattor Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida ijodkor o‘zining hayot yo‘li, ijodiy faoliyati hamda yozgan asarlarining yaratilish jarayoni haqida ishtirokchilarga atroflicha so‘zlab berdi. Shuningdek, adabiyotning jamiyatdagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida ham qimmatli fikrlar bildirildi.
Davra suhbatida kutubxona xodimlari, kitobxon yoshlar hamda faol o‘quvchilar ishtirok etib, ijodkorga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Samimiy va ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish hamda ijodiy fikrlashni rivojlantirish masalalari ham alohida ta’kidlandi.