"Navoiy yodi ila yashaymiz mudom"
Buyuk mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tuman axborot-kutubxona markazida harbiy xizmatchilar va oʻquvchi yoshlar oʻrtasida "Soʻz mulkining sultoni" mavzusida insholar tanlovi bo’lib o’tdi.
📝 DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan harbiy qism masʼullari tashabbusi bilan, Zomin tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda Zomin tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda harbiy xizmatchilar va oʻquvchi-yoshlar oʻzlarining ijodlarini bayon etishdi.
📒 Tanlov yakuni boʻyicha
🥉-oʻrin oddiy askar A.Abdulvahobovga
🥈-oʻrin oddiy askar A.Nuraliyevga
🥇-oʻrin oddiy askar I.Sultonovga nasib etdi.
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.