"Navoiy yodi ila yashaymiz mudom"
Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bòlinmasi hamda "Temuriy izdoshlari" harbiy maktabi bilan hamkorlikda Buyuk mutafakkir shoir, davlat arbobi Alisher Navoiyning 582 yilligi munosabati bilan "Navoiy yodi ila yashaymiz mudom" nomli tadbir 60-maktab faollar zalida òtkaziladi. Tadbirni Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bòlinmasi mutaxassisi G. Rasulova ochib berdi. Tadbir davomida "Temuriy izdoshlari" harbiy maktabi òquvchilari hamda Yoshlarni kasbga òqitish markazi òquvchilari, 15-maktab kòchma kutubxona kitobxonlari ishtirokida Navoiy bobomizning ijodidan ģazallar, ruboyilar, sahna kòrinishlari, kuy va qòshiqlar ijro etishib davramizga òzgacha shukuh baxsh etdi. Tadbir sòngida Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan hamkorlarimizga estalik sovģalari taqdim etildi.