Navbatdagi siyosiy-ma'rifat soati
Ma'lumki, 2024-yil 12 iyul kuni mamlakatimizda navbatdagi siyosiy-ma'rifat soati o‘tkazildi. Unda Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxonasi mutaxassislari ham katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. Siyosiy-ma'rifat soatida respublikamizda bir hafta davomida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar va bo‘lib o‘tgan voqealardan tashqari vaqtni boshqarish va mehnat samaradorligini oshirish borasida tavsiyalar berildi. Ma'rifat soati avvalida yurtimizda amalga oshirilgan siyosiy tashriflar, Prezidentimizning siyosiy soxa rahbarlari bilan olib borgan uchrashuvlari va hafta davomida qabul qilingan normativ xujjatlarning mazmun-mohiyati ma'ruzachilarimiz tomonidan yoritilib berildi. Bugun Zomin tuman axborot-kutubxona markazi kutubxonasida ma'rifat soati darsi bo'lib o'tdi. Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma'lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma'rifat soati" taqdim etildi.