Muzeyga sayohat
Joriy yilning 19- may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18- may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Zomin tuman tarixiy muzeyiga ,,Muzeylar tarix ko'zgusi" mavzusida sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida aholi va xodimlarimizga kecha bilan bugunni, bugun bilan kelajakni o'zaro bog'lab turuvchi ma'naviyat maskanlari haqida ma'lumotlar berildi, shu bilan birgalikda yurtimizda muzeylar sohasidagi yangiliklar haqida va dunyodagi eng qadimiy muzeylar haqida ham ma'lumotlar aytib o'tildi.