“Mutolaa-tafakkur charxi,kamolot mezonidir”
Adabiyot sizga o‘zgacha olamni ko‘rsatib berishi mumkin. U sizni hech qachon borib ko‘rmagan joylaringizga elta oladi. Bir marta o‘zgacha olamlarga sayr qilib, sehrli mevalarni tatib ko‘rganlar kabi siz o‘zingiz yashayotgan dunyodan to‘liq qoniqmay boshlaysiz. Qoniqmaslik — bu yaxshi narsa. Qoniqmagan insonlar o‘z dunyosini o‘zgartirish, yaxshilash va boshqacha qilishga qodir bo‘lishadi.
Kutubxonalar — bu erkinlik degani. Mutolaa erkinligi, muloqot erkinligi. Bu tuganmas ta'lim, bu mazmunli bo‘sh vaqt, bu boshpana va axborotga ega bo‘lish imkonidir.
Aholi va yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish,ularga shijoat va o’zgacha ruh bag’ishlash,mutolaa zavqini chindan his qildirish maqsadida joriy yilning 3-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni saqlash, butlash va ishlov berish xizmati xizmat rahbari F. Sattorova va mutaxassisi I. Jo'rayevalar tomonidan “Mutolaa-tafakkur charxi,kamolot mezonidir” deb nomlangan adabiyotlar ko’rgazmasi tahkil etildi.
https://telegra.ph/Mutolaa-tafakkur-charxikamolot-mezonidir-11-03