"Mutolaa-kelajakning mash'alasidir"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D.Artikova va D. Qarshiboyevalar "Zomin Sanatoriysi MCHJ"da "Mutolaa-kelajakning mash'alasidir" nomli kitob targ'iboti o'tkazishdi. Targ'ibotda har xil shahar va viloyatlardan kelgan aholi hamda Andijon viloyati Bo'ston tumanida yashovchi Jo'rayev Zohidjon hoji ota va ularning oilasi, Navoiy viloyati Karmana tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar Hamida opa va Ro'zigul opa Safarovalar ishtirok etishdi. Targ'ibotdan maqsad kitobxonlarga Zomin tumanida joylashgan Axborot-kutubxona markazi haqida ma'lumotlar berish, kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish.
Yuksaklik darajasining mahsuli, kitob o'qishdir.