"Mustaqillik ko'hna tariximiz boy merosimiz"
Yosh avlodni milliy qadriyatlarga, boy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalashda o'lkashunos muzeylarning alohida o‘rni bor. Muzeylarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bajaradigan vazifalaridan biri taʼlim va tarbiya o‘chog‘i ekanligidir.
Joriy yilning 25-avgust sanasida Zomin tuman axborot kutubxoa markazi xodimlari hamda Zomin tuman o'lkashunos muzey hodimlari hamkorligida kitobxon yoshlar ishtirokida " Mustaqillik ko'hna tariximiz boy merosimiz" nomli ma'naviy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yosh kitobxonlar mustaqillik bayramiga bag‘ishlab yod olingan sheʼrlarini taqdim etishdi. Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning suyukli farzandlari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lshdi. Shundan so‘ng muzey va “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi.