Mustaqillik bog'ida ochiq osmon ostida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yil 15-may sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Mustaqillik bog'ida ochiq osmon ostida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli janrdagi badiiy va ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, kitobxonlarga yangi nashrlar hamda sevimli asarlar tavsiya qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, mazmunli va samarali tarzda o‘tkazildi.