“Mustaqillik asoschisi” mavzusida kitob ko'rgazma hamda davra suhbati
2024-yil 30-yanvar kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o`quv zalida O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abbdug`aniyevich Karimov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik asoschisi” mavzusida kitob ko'rgazma hamda davra suhbati bo'lib o'td
Dono siyosatchi, mohir davlat arbobi Islom Abdug'aniyevich Karimov hozir hayot boʻlganlarida 86 yoshni qarshi olgan boʻlar edilar. Uzoq yillar ajdodlar orzu qilgan mustaqillikning ilk poydevorini qoʻygan va uning taraqqiy etishida jasorat va jonbozlik koʻrsatgan, butun dunyoda oʻz oʻrni va oʻz soʻziga ega boʻlgan davlatga aylantirgan buyuk shaxsning xotirasi barhayotdir! Xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, muqaddas dinimizni, an’analarimiz va urf-odatlarimizni saqlash va rivojlantirishni, bebaho tarixiy merosimizni davlat siyosati darajasiga olib chiqdi. Prezident ma’naviy tiklanish, milliy o‘zlikni anglashni mustahkamlash, xalqimizning tarixiy xotirasini tiklash, uning ulkan ilmiy va madaniy salohiyatini avaylash jarayonining tashabbuskori bo‘ldi.