"Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin".
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini nishonlash borasida "Yangi hayot uchun, Yangi Òzbekiston uchun" g'oyasi ostida o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasi asosida "Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 32 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir. Davra suhbatida mustaqil yurtimizning yosh avlodlariga mustaqillikdan keyingi erishilgan yutuqlari haqida hamda kitob nafaqat bilim manbai, balki inson qalbiga ezgulik urug'ini ekuvchi vosita ekanligini takidlab o'tdi. Bugun yoshlar o'rtasida kitob targ'iboti olib borildi, kitobxonlar tomonidan sevib o'qiladigan hamda kutubxonaga yangi olingan badiiy adabiyotlar targ'ib qilindi.