“Mustaqil Vatan – kelajagimiz poydevori!”
Joriy yilning 2-sentyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda Qayirma mahallalasi aholisi uchun “Mustaqil Vatan – kelajagimiz poydevori!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar bugungi O’zbekistonimizning kundan-kunga yangilanayotgan qiyofasi haqida samimiy fikrlarini bayon qildilar. Mustaqillikga erishishdek ezgu maqsad yo’lida ota-bobolarimizning amalga oshirgan fidokorona mehnatlari fahr bilan tilga olindi.