"Muqaddasdir Vatan bayrog'i" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir.
Joriy yilning 16-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Republika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi, Yoshlar ishlari agentligi Zomin tuman bo'limi, 12-son Bolalar musqia va san'at maktabi hamda "Temuriy izdoshlari" nodavlat harbiy ta'lim maktablari bilan hamkorlikda “Muqaddasdir Vatan bayrog'i” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirni Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi R. Mamatqulov kirish so'zi bilan ochib, barchani muborakbod etdi. Davlat ramzlari ularning ahamiyati haqida qisqacha ma'lumotlar keltirdi.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi axborot-biliografiya xizmati rahbari D. Artikova so'zga chiqib, bayrog'imiz tarixiga nazar soldi.Yoshlar qalbida Vatanga, ramzlarimizga hurmat hissini rivojlantirish, vatanparvarlik tuyg'usini yanada oshirish lozimligi haqida ma'ruza qildi. 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilarining bayram dasturi namoyish etildi. Bayroq haqida she'riy chiqishlar, qo'shiqlar va raqslar ijro etilishi tadbirga o`zgacha fayz kiritdi. "Temuriy izdoshlari" nodavlat harbiy ta'lim maktabi o’quvchilari tomonidan bayrog'imiz haqida qiziqarli ma’lumotlar, fikr va mulohazalar bildirildi hamda musiqiy chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir so’ngida doimiy faol hamkor tashkilotlar kutubxona ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
https://telegra.ph/Muqaddasdir-Vatan-bayrogi-nomli-manaviy-marifiy-tadbir-11-16