Munozara arg'imchog'i
#Munozara_arg'imchog'i
"Tafakkur gulshani" klub mutaxassislari X.Mirzayeva hamda G.Fayzullayevalar Yoshlar itiffoqi binosida joylashgan o'quv markazida "Munozara arg'imchog'i" mavzusida davra suhbatini tashkil etdi. Davra suhbatida "Tafakkur gulshani" klubi a'zolariga Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda (Maqsud Shayxzoda) (1908.25.10 (7.11), Ozarbayjon Respublikasi, Ganja viloyati, Oqtosh sh. — 1967.19.2, Toshkent) — shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964) haqida malumotlar berib o'tildi. Adibning "Meros" asaridan savollar klub a'zolariga berilib, klub a'zolari har xil javoblarni berishdi. Davra suhbati har hil qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o'tdi. "Tafakkur gulshani" klubi a'zolari kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar haqida tushuncha berib, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish, kitoblardan qanday foydalanish bo'yicha tushunchalarni berib borishdi.