"Munozara arg'imchog'i"
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida, joriy yilning 1-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazining ko'chma kutubxona xodimlari I.Alibekova, Z.To'rayevalar 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari bilan O'zbekiston Xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov qalamiga mansub "Dunyoning ishlari" asariga bag'ishlab munozara tashkil etildi. Ushbu asarning qahramonlari va undagi jonli tasvirlar, qahramonlar o'rtasidagi suhbatlar o'quvchini o'z ta'siriga olishi haqida qizg'in munozara bo'lib o'tdi.
Oʻtkir Hoshimov Oʻzbekiston xalq yozuvchisi va jamiyat arbobidir. Adabiyotimiz taraqqiyotiga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan, yaʼni 40 yillik faoliyati davomida koʻplab maqola, hikoya, qissa va romanlari bilan kitobxonlar mexrini qozongan yozuvchilardan biri.