Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazma
Joriy yilning 27-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Jizzax viloyati Ichki ishlar tizimiga qarashli mintaqaviy o‘quv markazida o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada shoirning boy ijodiy merosini aks ettiruvchi kitoblar, she’riy to‘plamlar hamda u haqidagi adabiyotlar keng o‘rin oldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Muhammad Yusuf ijodining mazmun-mohiyati, uning she’rlarida aks etgan Vatanga muhabbat, insoniylik va samimiyat tuyg‘ulari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda buyuk ijodkorlar merosini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.