Mualliflik huquqini bilasizmi
Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 23-aprel "Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni" munosabati bilan kitobxonlar ishtirokida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Mualliflik huquqini bilasizmi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati oʻquvchilarga manzur boʻldi va asar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar. Mazkur davra suhbatida 26 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar.