Mualliflik huquqi targ'iboti bo'yicha davra suxbati
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: “muallif” — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs; “yozuv” — ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biron-bir moddiy shakldagi mujassami;
“ijrochi” — aktyor, qo‘shiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, o‘qiydigan, ifodali o‘qiydigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki san’at asarini (shu jumladan estrada, sirk yoki qo‘g‘irchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissori va dirijyori;
“e’lon qilish (oshkor qilish, chop etish)” — ommaning oqilona talab-ehtiyojlarini qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chiqqan holda asar, fonogramma nusxalarini muomalaga yetarli miqdorda chiqarish;
“manzarali-amaliy san’at asarlari” — amalda foydalaniladigan buyumlarga ko‘chirilgan ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli san’at asari, shu jumladan badiiy xunarmandchilik asari yoki sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan asar;
“fonogramma” — biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutlaqo ovozli yozuvi;
“asar nusxasi” — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi;
“fonogramma nusxasi” — fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammaga jo bo‘lgan ovozlarning hammasini yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma ko‘chirmasi.
Zomin tuman Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalariga Mualliflik huquqi targ'iboti bo'yicha Zomin tuman axborot- kutubxona markazi Xodimlar inspektori X.Begimkulova va D.Artikovalar davra suxbati o'tkazdi.
https://telegra.ph/Mualliflik-huquqi-targiboti-boyicha-12-21