Moviy jamadon sayohati
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Yoshlar ittifoqi agentligi binosida aholi va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 26 iyul sanasida "Moviy jamadon sayohati" loyihasini uyushtirdi. Loyihada aholi va yosh kitobxonlar faol qatnashishdi. Kitobxonlariga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kutubxonaga yangi a'zo bo'lgan kitobxonlar kutubxona kundaligiga ro'yhatga olindi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar almashtirilib berildi.