"Moviy jamadon sayohati"
Inson — qancha oʻqisang ham bitmaydigan kitobdir.
Hoji Baktosh Vali
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari aholi va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 11 iyul kuni "Moviy jamadon sayohati" loyihasini uyushtirdi. Loyiha Zomin tuman Yoshlar ishlari agentligi binosida tashkil etildi. Kitobxonlariga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat dunyosi bilan tirik. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kitobxonlarni kutubxonaga a'zo qilishdi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar almashtirilib berildi.