"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari aholi va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilnin 13 iyun kuni Davlat soliq inspeksiyasida "Moviy jamadon sayohati" loyihasini uyushtirdi. Markaz hodimlari va kitobxonlariga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan ishchi hodimlarni va yosh kitobxonlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kutubxonaga a'zo qilishdi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar almashtirilib berildi.