"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari aholi va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 5 iyun kuni "Moviy jamadon sayohati" loyihasini uyushtirdi. Loyiha Zomin istirohat bog'ida tashkil etildi. Kitobxonlarga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. Bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Shu tariqa kitob o‘qigan nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki inson o'z bilimini ham orshiradi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kitobxonlarni kutubxona kitobxonlar daftariga a'zo qilishdi.