"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari aholi va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilnin 17 aprel kuni Abu Ali ibn Sino jamoa salomatlik texnikumida "Moviy jamadon sayohati" loyihasini uyushtirdi. Markaz hodimlari va texnikum talabalariga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan hodimlarni va yosh talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kutubxonaga a'zo qilishdi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar almashtirilib berildi.