"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari aholi va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 18 mart kuni "Moviy jamadon sayohati" loyihasini uyushtirdi. Loyiha Zomin tuman "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi binosida tashkil etildi. "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi kitobxonlariga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kitobxonlarni kutubxonaga a'zo qilishdi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar almashtirilib berildi.