"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari aholi va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilnin 21 fevral kuni "Moviy jamadon sayohati" loyihasini uyushtirdi. Loyiha Zomin tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosida tashkil etildi. Markaz hodimlariga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan hodimlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kutubxonaga a'zo qilishdi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar almashtirilib berildi.