"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Zomin tuman Yoshlar markazida binosida aholi va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida "Moviy jamadon sayohati" loyihasini uyushtirdi. Loyihada Qo'rg'on MFYda istiqomat qilayotgan yosh kitobxonlarga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva, F. Mamatrqulova tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda yosh kitobxonlarni kutubxonaga a'zo qilishdi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar taqdim etildi.