"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida "Moviy jamadon sayohati"ni uyushtirdi. Yosh kitobxonlar kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva, G.Fayzullayevalar tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi.