"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar uchun O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o'quv markazida axoli va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida "Moviy jamadon sayohati"ni uyushtirdi. Yosh gvardiyachilar kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari S.Muxtorova, D.Alibekovalar tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi.