"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar uchun Yoshlar ittifoqi binosida joylashgan "Ma'naviy va ma'rifiy" bo'limida axoli va yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini va qiziqishini oshirish maqsadida "Moviy jamadon sayohati"ni uyushtirdi. Yosh kitobxonlar kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari S.Muxtorova, D.Alibekovalar tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi.