"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar uchun Zomin tuman hokimligi "Oila va xotin qizlar bolimi"ga Axborot-kutubxona markazi xodimlari "Moviy jamadon" sayohatini uyushtirdi. Bo'limdagi kitobxonlar kutubxona haqida ma'lumotlar berilib, fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushuncha berildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva, D.Alibekova hamda S.Muxtorova tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi va ular o'qib bo'lgan kitoblarini kutubxona xodimlari mutahassislari tomonidan almashtirilib berildi.