"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun "Moviy jamadon sayohati" uyushtirildi. Sayohat davomida bolajonlar uchun tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiqlari, rivoyat, afsona, ertak, maqol, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan xalq ogʻzaki ijodidan namunalar o'qib berildi. Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva, F.Mamatqulova hamda S.Muxtorova tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.