"Moviy jamadon sayohati"
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida o`tkazilayotgan III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" 3 kunida joriy yilning 12-aprel kuni Zomin tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar uchun "Moviy jamadon sayohati" ni Yoshlar itifoqi binosida uyushtirdi. O'quvchi yosh kitobxonlarga kutubxonadagi kitoblar haqida ma'lumotlar berilib va kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushuncha berildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva, F.Mamatqulova, D.Artiqova, G. Fayzullayeva, Z.Azimova, S.Muxtorovalar tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi.