"Moviy jamadon sayohati"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar uchun "Moviy jamadon sayohati" ni uyushtirdi. "Yoshlar ishlar agentligi" hodimlari Zomin Axborot kutubxonamizga tashrif buyurishdi. Hodimlar kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushuncha berildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva, F.Mamatqulova hamda D.Artiqovalar tomonidan kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi.